Mochalov

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Mochalov  (1922) 
by Abdulla Qodiriy

Kichkina feleto‘n

Otingdan aylanay Mochalov… Ismi sharifingni eshitsam butun borlig‘img‘a sirqiroq kiradir, Mochalov!..

O‘tub ketdi o‘shal davrlaring: Eski shahar ko‘chalarida muborak vujuding ko‘rinib qolsa, homilalik xotunlar bola tashlar, yig‘loq bolalar yig‘idan to‘xtar, dag‘dag‘ai zolimonangni tatig‘an benavolar dir-dir qaltirar edilar. Qo‘lingda qamchin, belingda oshpichoq, shopdak murtingning ostidag‘i sassiq og‘zingdan «Qizingni… onangni… diningni… ota-bobongni…» degan zikri oliylar doim favvora urar edi. Eski shaharning yetti yosharidan to yetmish yosharig‘acha saning so‘kug‘ingda, tepug‘ingda edilar. Balki qo‘msarsan o‘shal kunlaringni?

Albatta, qo‘msaysan. Boshqalarini qo‘msamasangda iftrovoy gildi ko‘paslar mehmonxonasida yegan palovlaringni, norinlaringni qo‘msaysan. Pudratchilar, zavodchilar uylarida ichkan aroqlaringni, hafta sayin qozilardan kelib turaturg‘an paketlarni, ayniqsa 1916 yil rabochiy voqeasida davlatxonangga arz-dod uchun borg‘anlarni otib, gunohsiz qonlarni suv o‘rnig‘a ichishlaringni qo‘msaysan! Falakning gardishi qurib uyi kuysunki, saning mash’um kunlaringni qaytub kelmaslik etub, tuzatdi. Buning bilangina qolmay, tinchkina ishlab turg‘an issig‘ o‘rningni sovutdi-da, turmaga ketirib tiqdi. Falakat ulug‘, foji’a katta… Bu kun insofi yo‘q, rahmi oz (go‘yoki o‘zing) Toshkand musulmonlarining borlig‘i deyarlik sanga da’vogar!

Ey falak, uying kuysun falak. Mochalov to‘raga o‘shal davlatlarni o‘zing bermadingmi? Endi bechoraning qarig‘an kunlarida bu yanglig‘ sarson, bunchalik sargardon qilishingda qanday hikmat bor? Qayg‘urma, to‘ram. Ko‘bchilik emasmi, balki shavkatlik kunlaring-da issig‘ingni ko‘rganlar himoyangda bo‘lurlar. Agar ishing chappa ketsa, joning jannatda bo‘lsun!..

Julqunboy

«Qizil bayroq» — 1922 yil, 26 avgust, 212-son

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse