Mirzo Ulug‘bek

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Mirzo Ulug‘bek  (1923) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Ilmi hay’at tarixida Turkistonning sharafli bir mavqei bordur.

Milodning 1420-yilida mashhur Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek ilmi hay’atga bo‘lg‘an kuchli muhabbati orqasida Samarqand shahriga bir rasadxona bino qildirg‘an edi. U vaqtdan beri orada 400 yilcha vaqt o‘tub yerlar tagida ko‘mulub ketgan u rasadxonani mundan 10 yillar burun samarqandli mustashriq Vyatkin topub kovlatgan edi. Bu rasadxona marmardan yasalg‘an zo‘r bir binodan iborat edi. U yerda bizning Turkiston o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek dunyoning har tarafidan to‘plab olg‘an olim yo‘ldoshlari bilan zo‘r berib ishlagan edi.

Mirzo Ulug‘bek tomonidan tuzilgan bitta “Yulduzlar jadvali” bor. Bu jadvalda o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lg‘an yulduzlar juda ochiq ta’rif qilinadur. U jadval mashhur yunon hay’at olimi Xipporix vaqtidan beri tuzulgan birgina jadval, deb hisoblanadur.

Turkiston xalqi, ayniqsa biz tubjoy xalq, o‘zimizning shu olim kishimizni sira esga olmaymiz. Uning ismiga birgina, kichkina bo‘lsa ham xotira nishona yo‘q. Shaharlarda ochilg‘an maktablar bilangina u ulug‘ olimni taqdir qildiq, deb ayta olmaymiz. Sira, sira ayta olmaymiz.

Toshkand rasadxonasi hozir bir ishga qadam qo‘ydi. Girmoniyadag‘i Nasiys korxonasiga buyurib, katta bir telesko‘p (rasadxona durbini) yasatdirmoqchi va u durbinni Toshkand rasadxonasiga o‘rnatub, unga “Mirzo Ulug‘bek durbini” deb nom qo‘ymoqchi. Bu durbin bir Turkistondagina emas balki butun dunyoda birdan bir katta durbin bo‘ladur. Nimagakim, bundoq zo‘rliqda va bu o‘tkurlikdagi durbin faqat Amriqodagina bordur.

Korxonachi bilan so‘zlashilgan. Durbin oltun hisobi bilan 96000 so‘mga tushadur. Bu puldan 40000 so‘mi pishaki berilsa, durbin 2-2,5 yilda tayyor bo‘lib keladur.

Tashabbus boshlang‘an. Ish, faqat shu pulni yig‘ishda qolg‘an. Pul va’da qilg‘an idoralar ham bor. Biz umid qilamizkim, Ulug‘bekning ona yurtida mundoq xayrlik tashabbusga kerak bo‘lg‘an pulni Turkiston hukumati ham, xalq ham qandoq qilib bo‘lsa-da, to‘ldurub berar.

Q.

“Farg‘ona” gazetasi 1923-yil 26-noyabr.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse