Millatni kim isloh etar?

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Millatni kim isloh etar?  (1914) 
by Isʼhoqxon Ibrat

Biz Turkiston musulmonlari orasinda xilofi shariat odatlarini ko‘pligi har kimg‘a ma’lumdir. Muning daf’i va islohini kim etar? Bizni fikrimizcha, muning daf’u islohig‘a ulamo hazaroti kamari himmat bog‘lab, muqaddas mehrobu minbardan va’z so‘ylab, aholig‘a ahkomi shariatni bildurub, baytulloh hukmindagi masjid va jome’larida erta-yu kech amri ba ma’ruf va nahy az munkar etib, xaloyiq anglayturgon bir til ilan pandu nasihat etsalar ham muning hech qo‘ymasdan har kun ba’d az namozi fajr va ba’d az xufton doim muxtalif mavzu’lardan bahs etsalar, albatta, ta’sirsiz qolmas. Xususan, muqaddas masjidg‘a so‘ylagan va’z har bir mo‘min qalbina du bolo ta’sir etar.

Qur’oni karim amri ma’ruf va nahyi munkar etmoq uchun mav’izan pandu nasihat uchun ko‘p oyatlar borligi ulamo hazarotlarig‘a ma’lumdir.

Olami islomni har tarafidagi masjidlarda xalq tili ilan va’zu pand etmoq joriydir. Yolg‘iz Turkiston va Buxorog‘a, bilmayman, na sababdan joriy emas. Oningchun xalqni axloqu odobi islomiyasi kundan-kun buzilmoqda. Ori, bizni masjidda «saloti Mas’udiy»ni bechora avom anglamaydur. Zotan, oti imomlarni o‘zlari o‘qimoqlari lozim. Loaqal, mazmunini avomg‘a tushundurmoq kerak. Holbuki, xaloyiqg‘a zarurroq, kerakdur. Bugun ko‘paygan buzuklik va fasodlarni islohi uchun va’z qilmoq kerak. Zaruriyoti diniya va axloqi islomiyani alarg‘a ta’lim va tanbeh qilmoq kerakdur. Ba’zan namozi fajrdan so‘ngra masjidg‘a omi gadoylar g‘azal o‘qib, xurofot so‘ylab, va’z aytgan bo‘lub sadaqa jamlar. Besavod bir gadoy og‘zig‘a kelganini imom afandi huzurinda bemuhobo so‘ylar. Hech kim anga bir nima demas. Holbuki, masjid ichinda gadoylik va sadaqa durust yo‘q edi. Imom afandilar masjidda va’z aytsalar, xaloyiqni bilmaganini bildursalar, albatta, izzatu hurmatlarida ziyoda bo‘lur. Xaloyiqda isloh topilur, dunyovu oxiratda ajrlari ham ziyoda bo‘lur. Zotan, ulamo hazrotiki, varasat ul-anbiyodurlar, vazifalari ta’limu hidoyati xalqullohdur. Kuntum xayra ummatin uxrijat lin-nasi ta’muruna bil-ma’rufi va tanhavna anil-munkar, ’ulamau ummatiy kaanbiyai bani Isroil oyat va hadislarining sha’ni shudur.

Sobiq «Samarqand» jaridasi va «Oyna»da ham bir necha daf’a mundan bahs bo‘lub edi. Alhamdulillahki, idorag‘a yaqinda xabar olindiki, Samarqandni Xojajon Xoja mahallasining imomi muhtaram domla Hoji Abdug‘affor janoblari bir necha kundan beri xalq tili ilan ba’d az namoz va’zi pandu nasihatg‘a boshlabdurlar. Namozguzorlar nihoyat rozi emishlar va adadlari ham ko‘payibdur. Va’zlarida ta’sirini oz bir muddatda ko‘rsatibdur. Alloh taolo bu imom amsolini ko‘paytirsun. Domla Abdulg‘affor janoblari bir necha sanalar Harami muhtarami Nabaviy hazratlarining Samarqandda bu amri lozimni boshlaganlari uchun tabrik etarmiz. Ori, ulamo qavmidindurlar. Ulamo g‘ayrat etkanda millat, albatta, isloh topur.

«Oyna», 1914, 12-son, 274 — 275-betlar

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse