Mening ko‘nglumki...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Mening ko‘nglumki...
by Bobur

Mening ko‘nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog'i ne imkondur.

Agar ul qoshi yosiz bog' gashtin orzu qilsam,
Ko‘zumga o‘qdurur sarv-u ko‘ngulga g'uncha paykondur.

Bahor-u bog' sayrin ne qilaykim, dilistonimning,
Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur.

Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor,
Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur.

Boshidin evrulur armoni birla o‘ldum, ey Bobur,
Mening na'shimni bori ul pari ko‘yidin aylondur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse