Jump to content

Mening kecham

From Wikisource
Mening kecham
by Abdurauf Fitrat
369596Mening kechamAbdurauf Fitrat

Kech boʻldi, tinib bitdi tovushlar,
soʻndi butun uylarda chirogʻlar,
tebranmadi yer uzra oyogʻlar,
zulmat yana har yon oqa qoldi.
Tolpinmadi, sayrashmadi qushlar,
jimjitkina inga kirdi,
boshini soldi keyinga,
soʻlgʻun qanoti ostigʻa oldi.
Oʻchmoq, yashamoq qaygʻulariga
„chiq“ deb oʻzini uyqugʻa soldi,
har dardi yoʻqoldi.
Koʻklar sari chaqqon koʻtarilgan
togʻ gavdali uylar,
qoʻnuqlar,
saroylar
ayrildi butun dabdabasindan,
bir qop-qora haykal tusini oldi.
Kunduz sakiz-oʻn yoqqa yugurgan,
chopgan,
yiqilishgʻan,
yana turgan,
oʻng, soʻl uni tepkan, buni…
inson-da yotib uyqugʻa toldi!
Soʻlgʻun, qora, turgʻun dema. Koʻrdim
mungli kechaning mungli chogʻinda,
koʻb mungli uyimning qirogʻinda
yolgʻuz iki narsa yondosh-da:
biri shamʼim,
biri…
koʻnglim!
Boshqa hama tinch, jim,
oʻchlab uzonishda.
Shunday kechalarni sevaman men,
bunda yugurish yoʻq,
soʻrgʻilush yoʻq.
Yurmoq-da, oldamoq-da koʻrulmas;
yolgʻuz koʻrunish,
soxta kulish yoʻq.
Yov shakli koʻzimdan
Koʻb uzoqda.
Doʻstlar esa undan-da yiroqda.
Shunday kechadan oʻrgulaman men!

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"