Meni xastani muncha dog‘ ettilar...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Meni xastani muncha dog‘ ettilar...
by Maxmur Koriziy

Meni xastani muncha dog‘ ettilar,
Vujudimni yong‘on charor ettilar.

Firoq emgakidin etib ko‘p zabun,
Ko‘zim yoshin ikki bulog‘ ettilar.

Ko‘ngulga solib ishq o‘tin dam-badam,
Muhabbat o‘tiga o‘chog‘ ettilar.

Junun dashtida mardi badmast etib,
Gahi telbavash, gah sog‘ ettilar.

Nechun chekmayin dilrabolar g‘amin,
Raqiblar bilan sayri bog‘ ettilar.

Chunon sayd etib jon qushini birov
Tanim quvvati zog‘u qalog‘ ettilar.

Etib jilva sog‘archi ham jomi may,
Giriftori oltun ayoq ettilar.

Chunon o‘rtab andoqqi ishqing o‘ti,
Kulimdin nishon yo‘q so‘rog‘ ettilar.

Malomat o‘qig‘a nishon aylabon,
Sitam xanjariga sadog‘ ettilar.

Mani teshai dasti Ko‘hkandek etib,
Firoq ichra joyimni tog‘ ettilar.

Necha Laylivash dilrabolar kelib,
Junun xaylidin deb sanog‘ ettilar.

Sen, ey soqiy, bir lutfe ko‘rguzmasang,
Bu Maxmurni hajr ichra dog‘ ettilar.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse