Menga nomehribon yor...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Menga nomehribon yor...
by Alisher Navoiy

Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib, ag'yorga oromijon ermish.

Tan uzra emdi fahm ettim adadsiz toza dog'imni,
Ki, har bir-bir qorarg'an shomi hajrimdin nishon ermish.

Buzulg'an ko‘nglum atrofindag'i zaxm ichra novaklar,
Baliyat qushlari-yu zaxm alarg'a oshyon ermish.

Raqibi sindurib ko‘nglin-u men yig'lab anga, lekin,
Su keltirmak hamon-u ko‘za sindurmoq hamon ermish.

Baliyat dashtida zore ko‘rub Majnun sog'ing'aylar,
Ko‘ngul otlig' bizing ovorayi bexonumon ermish.

Xayoling xayli ko‘nglum dashtida chun qildilar manzil,
Har o‘t yoqqan yer ul manzilda bir dog'i nihon ermish.

Zamon oshubidin ko‘nglumga yuz shiddat yetar erdi,
Chu fahm ettim - munga bois ul oshubi zamon ermish.

Agarchi men yomonmen, yaxshidurkira mu'tarifdurmen,
O‘zin yaxshi tasavvur aylagan men din yomon ermish.

Navoiy nazmini ko‘rdum quyosh lavhig'a sabr etkan,
Buyurgan ani oliy qadr shohi xurdadon ermish.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse