Mendin o'rgandi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Mendin o'rgandi
by Umarxon

Junun daryosi tug'yon aylamakni mendin o'rgandi,
Talotum birla to'fon aylamakni mendin o'rgandi.

G'am-u dard-u muhabbat gulshanida gul birla g'uncha,
Yaqo chok-u, ko'ngul qon aylamakni mendin o'rgandi.

Hamisha mahfili gulshan aro oyini ul g'uncha,
Xayolin xobda pinhon aylamakni mendin o'rgandi.

Nechakim sham'i mahfil hosili so'z-u gudoz aylar,
Sirishki oh somon aylamakni mendin o'rgandi.

Chamanda yig'ladim ko'p ul guli oraz firoqida,
Ko'zini abri giryon aylamakni mendin o'rgandi.

Ukush oshufta erdim zulfidin, bodi sabo har dam,
Gul avroqin parishon aylamakni mendin o'rgandi.

Chu to'ktum ashki otashbor ul mahvash xayolidin,
Kecha anjum charog'on aylamakni mendin o'rgandi.

Muallimmen bukun savdo dabistonida, ey Majnun,
Sahar choki giribon aylamakni mendin o'rgandi.

Amir, ul oy g'amidin ayladim dardim ilojini,
Hakimi ishq darmon aylamakni mendin o'rgandi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse