Marsiya

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Marsiya  (1917) 
by Hamza Hakimzoda Niyoziy

Haqingda nigorim va marsiyai dili zorimdir

Ey qoriin gazetadagi yozuvlarina tushgan ko‘zlarimdan jigar qonlarimi chekkan edan, oyo bizga mavt ba’d ul abasmi qo‘rqunchlari bila yuraklarim titralub, aql va fikrdan begona umid va xayollarimi parishon edan, necha milyun so‘mg‘a minutini topa olmaslik qadarlik shirin bir narsadan suyukli eng yigitlik umrni kunlarin, oylarin, yillarin kiprik sekrovicha qizg‘onmay, vahshiy yoboniy oxir oqibati boshinggaki, vaqtsiz shulay margi mufojotlari arz edan, jahhol qopqora bir millata ehson va qurbon edan. Milliyat fidoiysi, ey qahramon No‘shiravon, bale seni eng muhim va eng kerakli bir vaqtda tikilub turgan qonlu ko‘zlar qoshindan kutilmagan bir fojia va vahshat qora buluti ostinda sezulmay mahv o‘lub ketuving birgina men va hozirg‘ilarg‘a emas, istiqbolda islomiyat dunyosina allanimalar umidinda otuvlon va bobolarning bugungi xizmatlarin taqab, mutolaa uchun tavorix sahoyifina ko‘zlarin solan milyun-milyun «avlodi vatan uchundan qora bila bo‘lg‘on qurbon No‘shiravon!» unvonindag‘i debochai musibat sarlavhai shahodatlaring buyuk-buyuk taassuflari tiyran-tiyran o‘y va qayg‘ularimu sabab o‘lur-o‘lmay qolmasligin seni va seni kibk chin qahramon va chin fidoyi sodiq milliyatparastlarning bu xil qurbonlari va bu xil qahramonona fidokorliklari tarix sahifasini ko‘z yoshlarin tomuzub turgan zotlarni qalbina ilhomi tiybiy hislari intibohona himmat va g‘ayratli qahramonona shijoat va jasoratlarda ta’sir etarmi qolmas, alarg‘a bu shahodatning yodgor va boisi iftixordur. Xususan ul sahoyif ichina darj o‘linmish binglab millat va vatan xodimlarining vaqtida sen va sen kibk vatan. qahramonlarining unvoni poytaxtinda oshajak va sening kabilar bila ham asir o‘luvigina millatparastliqlarina shahodat vera olur, xizmatlarin nazarina taqdim eda olur, bale, «Jon vermasa jonona qayda?!» muqaddas so‘zlari bu borinda. Birgina Midxatningda viyrug‘i jong‘a kelmish jonona bu kun milyunlarcha jonlarni tarki falak arvojida quyosh bo‘lub kurrai hayotini yoqturta! Midxat! Qimni xayolidan bir nafas yiroqdur? Ismingni xayoloti o‘lgach-da so‘ngak tufroqlarindan unutilmas. Ilohi, bu qahramonlaring avzinasina va sen kabilarni mangu firdavsa mehmon edan janobi haq jalla va Ali hazratlari maqrunlaringga «hioran jamilan» firoqingda qolonlaring sodiqona tilaklarina isol! Sening kabilarni nafsina shu qasdni tangridan ko‘z yumub edanlara har payg‘ambaring qavmina vermas balolari ato aylasun.

Yashasun mangu firdavs va saning kibi millat va vatan qurbonlari!

1917

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse