Jump to content

Markaziy mas’ala

From Wikisource
Markaziy mas’ala (1923)
by Abdulhamid Choʻlpon
335318Markaziy mas’ala1923Abdulhamid Choʻlpon

Markaz «xabarlari» (Izvesti)da o‘rtoq Stiklo‘f sarlavha bilan bosh maqola yozib, sanoat va qishloq xo‘jaligini ko‘tarish masalasining ahamiyatidan so‘z qiladir.

O‘rtoq Stiklo‘f fikricha:

«Bu ikki masalaning bir biriga o‘zaro juda zo‘r aloqasi bor. Agarda qishloqv xhjaligining ko‘tarilishi sanoatimizning yo‘lga qo‘yilishi va borg‘an sara kengayib borishi uchun eng muhim bir shart bo‘laturg‘an bo‘lsa, sanoatni tuzukgina yo‘lga qo‘ymasdan turub, qishloq xo‘jaligidagi mahsulot kuchining yuksalishidan ham gapirib bo‘lmaydi».

Boshqa bir ta’bir bilan aytsak, bu ikalasi katta bir asosiy masalamizning ikki shoxi, ikki tomonga ayrilib ketgan ikki butog‘idan iboratdir. Endi bu eng muhimning qaysisi yana ham muhimrak? degan bir so‘roq keladir. Bu so‘roqqa o‘rtoq Stiklo‘f:

«Birinchi navbatda sanoat masalasi turadur», deb javob beradur va shundan so‘ng bu javobning sabablartiga ko‘chub aytadir:

«Durust, sanoat ham, qishloq xo‘jaligi ham sho‘rolar xo‘jaligining tamoyilidir. Lekin sanoat mehnatashlari hokimiyati (diktatura-proletariata)ning asosi bo‘lishi vajhidan narigidan ko‘ra ortiqroqdir. Shuning uchun uning tezlik bilan yo‘lga qo‘yilishi va borg‘an sari o‘sub borishi asalasi mehnatkashlar hokimiyatini mahkamlash masalasi o‘laroq qarshimizga chiqadirda, bizdan yechilish (hal qilish)ni kutadir».

Durust, masalaning ahamiyati zo‘r. Bu bizning markaziy masalamiz. Buni halq qilmoq kerak deb hammamiz aytamiz. Bu holda oraga yana bir masala kelib chiqadur. U da: mablag‘ masalasi. Sanoat mamlakatning jon tomiri. U juda keng va zo‘r narsa. Unga kuch quvvat, ulgurji ulgurji mablag‘ kerak. Anashul mablag‘ni qanday olamiz? Sanoat uchun zarur mablag‘ning bir mir sanbai bormi? U manba nimadan iboratdir.

Bu choqqacha o‘rtoq Stiklo‘f aytganidek:

«Sanoat saqlash qisman yo‘lga qo‘yish uchun keraklik mablag‘ qishloq xalqidan dehqonlardan olinaturg‘an soliqlardan chiqarilur edi, avvallari bu hol tabiiy sanalg‘an. Negakim, o‘zlik ellarga cho‘zulg‘an urushlarda bir daraja saqlanib qolg‘an va o‘zini tezroq o‘nglab olaturg‘an bir boyligimiz bo‘lsa, u ham shu qishloq xo‘jaligi edi. Shuning uchun qishloq sanoatni tuzatish yo‘lida shu choqqacha qurbon berib keldi. Lekin bu usulni «ha» deb cho‘za berish, dam yurgiza berishmumkin emas.

Endi boshqa manbalar ham qarab topish kerak. Boshqa manbalar yo‘q bor,bizga, faqat. Shulardan foydalanishgina kerak. U manbalar qaysilar?

Ul manbalarning bir qismini hukumat muassasalari ayniqsa, moliya idoralari tolpishlari kerak. Moliya idoralari o‘z ishlarini shunday yo‘lga qo‘ysunlarkim, ularga kiraturg‘an kirimlardan bir qismi mutloq sanoatning yuksalishi uchun sarf etilub «shuning bilan barobar sanoat idoralarimiz uo‘lari ham shu choqqacha bo‘lub kelgan zarar qilish» yo‘lidan chiqib, foyda qilish va yo‘l foydalarini sanoatning yuksalishi uchun ishlatish yo‘lga kirsinlar».

Bu to‘g‘risida so‘ngi umumiy rusiya firqa qurultoyining chizg‘an chiziqldari ko‘rsatkan yo‘llari bor. Bizga, bizning yo‘l moliya idoralarimiz va sanoat muassalarimizga, shul chiziqlar va yo‘llarni puxtalik bilan, natijalik ravishda amalga qo‘ymoq vazifasigina tushadir.

Q

«Turkiston» gazetasi, 1923-yil 17-may.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"