Marhum Shokir Muxtoriy (Vadud Mahmud)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Marhum Shokir Muxtoriy  (1921) 
by Vadud Mahmud
Maqola «Mehnatkashlar tovushi» gazetasining 1921 yil 12 fevral sonida bosilgan.

1920 yil dekabr oxirlarida mashhur muallim va muharrirlarimizdan Shokirxoniy o‘rtoq dunyodan o‘tdi. Bu kishi o‘zining qalami bilan tanilgan bir kishidir. Bu kishining she’rlari Orenburgda chiqadirg‘on «Sho‘ro» majallasida va Turkiston gazetalarida bosilar edi.
Inqilobdan burun Farg‘onada muallimlik qilg‘on, inqilob boshlarinda o‘zining maqolalari bilan Farg‘ona gazetalarini bezagan. «Kim qozi bo‘lsun?» degan asarini shunda yozg‘on. Hukumat ishchilar qo‘lig‘a o‘tgandan keyin Samarqandga kelib mehnatkashlar gazetasiga muharrirlik kilib, yozg‘on maqolalari bilan xalqni o‘ziga jalb qilg‘on. Shu chog‘larda «So‘siyolizm nimadir?» degan asarini yozg‘on. Quramalarda va dorulmualliminda muallimlik qilg‘on. «Turk tilining usuli ta’limi» degan kitobini yozg‘on. Askarlik vaqtinda sil kasaliga yo‘luqg‘on. Bora-bora shu kasali kuchayib, ish qilolmas darajaga kelib, Dizaxga borg‘on va Dizax kasalxonasida uch oy chamasi yotg‘ondan keyin dunyodan o‘tgan.
Shokirali Muxtoriyning xizmatlari g‘oyat taqdirdir. O‘z kasalining yoyilg‘oniga qaramasdan kecha-kunduz ishladi, tirishdi, o‘zining ahlidan bir necha yil burun o‘lishga sabab bo‘ldi. Shokirali Muxtoriy oddiy bir muharrir, anchayin bir muallim edi. Lekin bizga — qorni bilan yuragini ayira olmayturg‘on turkistonlilarga — farqli bir kishi edi.
U o‘lgach uni o‘rniga qolaturg‘on bir muallim, u ketgach, o‘rnini bosaturg‘on bir muharrir qolmasligi uchun topilmas bir kishi edi.
Ay buyuk ishchi! Tinch yot sag‘anangda, sening kilg‘on xizmatlaring esdan chiqmas, sening chekkan zahmatlaring unutilmas. Sen o‘z bo‘yningga yuklangan vazifangni ado qilding. Koshki sendek kishilarimiz bir necha bo‘lsa edi. O‘zining keyin qolg‘on xalqi uchun umridan kechaturg‘on kishilar koshki topilsa edi. U vaqt sening tutgan yo‘ling ochiqroq bo‘lar edi. Tikilgan yulduzingga tezroq yetishar edik. Har holda sen shuhratlisan.

Public domain
This work is in the public domain in the United States because it was first published outside the United States prior to January 1, 1929. Other jurisdictions have other rules. Also note that this work may not be in the public domain in the 9th Circuit if it was published after July 1, 1909, unless the author is known to have died in 1953 or earlier (more than 70 years ago).[1]

This work might not be in the public domain outside the United States and should not be transferred to a Wikisource language subdomain (or as a file it should not be migrated to the Wikimedia Commons) that excludes pre-1929 works copyrighted at home.

PD-US-1923-abroad Public domain in the United States but not in its source countries //wikisource.org/wiki/Marhum_Shokir_Muxtoriy_(Vadud_Mahmud)