Manzilim chun boʻldi ushbu yil diyori Toshkand...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Manzilim chun boʻldi ushbu yil diyori Toshkand...
by Komil Xorazmiy

Manzilim chun boʻldi ushbu yil diyori Toshkand,
Jonu koʻnglum doim istar xor-xori Toshkand.

Burji mizonda edi masnadnishin shoxi Xoʻtan,
Ham barobar erdilar laylu-nahori Toshkand.

Nuru zulmat oʻlchanib tun-kun ufuq maydonida,
Birdek erdi subhi sofu shomi tori Toshkand.

Sarbasar ashjor zarrin bargidan bodi xazon,
Farsh qilgʻon barcha qasri zarnigori Toshkand.

Xush havoligʻ muncha boʻlsa anda ayyomi xazon,
Yorab, erkandur nechuk fasli bahori Toshkand.

Boʻldi mehmon joyimiz haq lutfidin bir bogʻkim,
Mevadoru, lolazoru naxldori Toshkand.

Garchi anda bogʻ ila boʻstongʻa yoʻq xaddu shumor,
Ziynat afzoliqda chun xoli uzori Toshkand.

Vus’atu nazhatda rashki jannatul-ma’vodurur,
Kavsari tasnimi nahru joʻybori Toshkand.

Toʻbi oso bosh chekib charxi muallo sorigʻa
Archau yel birla shamshodu chinori Toshkand.

Har kuni sayr aylar anda huru gʻilmon oʻrniga,
Sarvqaddu, guljabinu, guluzori Toshkand.

Lekin ushbu yilgʻa toʻgʻri aylabon bead hisob,
Dedi tarixini hotif chashmasori Toshkand.

Umr boqi boʻlsa olti yil yana Komil senga,
Yozgʻil oning solli tarixin shumori Toshkand.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse