Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista...
by Ogahiy

Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista,
Chekib tig‘ini aylar qasdi jon ohista-ohista.

Jafosi zo‘ridin ikki ko‘zimdan oqdi daryolar —
Ki, qolg‘oy ostida oning jahon ohista-ohista.

Ulusga aylagan zulmin ko‘rib ondin hazar qilmay,
Kelib chekdim jafosin man yomon ohista-ohista.

Bo‘lur hajrida zindon gar maning manzilgahim bo‘lsa,
Guliston balki gulzori junon ohista-ohista.

To‘la burjom tut lutf aylab,ey soqiyki, bu g‘amdin
Qutulg‘oyman ichib man notavon ohista-ohista.

Vafo yo‘q dahr bog‘ining guliga berma ko‘nglungni,
Bugun tongda ketar, ey bog‘bon, ohista-ohista.

Emas gardunda ra’d ovozikim hijron tuni ichra,
Erur ul Ogahiy chekkan fig‘on ohista-ohista.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse