Man osiyman, bechoraman, darmondaman, yo Mustafo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Man osiyman, bechoraman, darmondaman, yo Mustafo...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Man osiyman, bechoraman, darmondaman, yo Mustafo,
Ul ruhi pokingga sani ilgim ochib qildim duo.

Isyon cho’lin yurdim kezib, qoldim aro yo’lda ozib,
«Fasma’ da’ono vastajib», ey jumla elgarahnamo.

Bechoralar g’amxorisan, dardi dilim tiymorisan,
Pushti panoh ummatga san, ey shofe’i ro’zi jazo.

Berohibar yo’lga kirib, qoldim aro yo’lda horib,
Ozg’urdi yo’ldin, naylayin, yo Ahmado, nafsu havo.

«YO rohmatal-lil-olamin», ey anbiyolarga nigin,
Ey sayyidi ro’yi zamin, ey peshvoi anbiyo.

Sansan rasuli olamin, sansan imomul muttaqin,
Sansan shafiy’ul-muznibin hodiil muzillin, ahadno.

Zuhd ahli birla hamnishin, ishq ahliga aynul-yaqin,
Mir’oti qalb ul-mo»minin, ey oftobi vaz-zuho.

Misbohi ayvoni rasul, san-san imomi juzu kull,
Ey hodiyi ahli subl, vay, chashmi jonga to’tiyo.

Sansan anodin mehribon, sandin tilarmiz ko’p omon,
Kelsa mango harna ziyon, sansan sipar yanglig’ panoh.

Sango rasuli mujtabo, badr ud-dujo, nur ul-hido
Aylar Huvaydo ko’p duo ruhingga har subhu maso.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse