Maktubi muhabbat uslub

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Maktubi muhabbat uslub  (1890) 
by Nodim Namangoniy

Ayo bog‘i umrimda bitgan nihol,
Ko‘zum chashmasi birla topgan kamol,
Dilim quvvati-yu, uyim ziynati,
Ko‘zum nuri, yolg‘uz boshim davlati,
Duogo‘yi bu mustamandi g‘arib,
Rizojo‘i aftodai benasib,
Muhabbat jahonida bir toza bog‘,
Mani ro‘zg‘orimda yongan chirog‘.
Dame bermagan xotirimga malol,
Tavozu’din aylab qadin misli dol,
Qanoat qilib harna bergonima.
Qilib e’timod ahdu paymonima,
Meni aylagan el aro arjumand,
Qilib ro‘zg‘orimi qadrin baland,
Boqib jumla farzandimi subhu shom
Tutub go‘shai uyda doyim maqom,
Saranjom etib ishni shod aylagan,
Necha mushkulimni kushod aylagan.
Sevga, ey vafodor yorim, salom,
Gulandomi gulgun uzorim, salom.
Salom, ey men xastaning hamdami,
Salom, ey harimi ko‘ngul mahrami.
Hama nuri chashmu aqrabog‘a salom,
Ag‘o-iniyu oshnog‘a salom.
Salomu tahiyot ado aylaboi,
Qilay hasbi holimpi bir-bir bayon:
Tanimiz zrur sog‘, yuz shukrkim,
Farog‘atdadurmiz, hamisha yealim.
Yetib har diyor ahlidin shodlig‘,
Buzulgan ko‘ngullarga obodlig‘,
Sayohat ishim, goh sayri chaman,
Damo-dam ziyofat, gahi anjuman,
Ko‘rub tog‘lar uzra yomg‘uru qor,
Bulardin o‘tub chun nasimi bahor,
Gahi dasht ila ko‘hsor uzra man,
Gah-i chashmau marg‘zor uzra man.
Tamomisi sarsabzu shodobu tar,
Rayohinu anvoi gul sarbasar.
Oqib chashmalar ishq eli yoshidek,
Unub lola anda aqiq toshidek.
Yetib endi, alqissa, biz benavo,
Turubmiz bu yerdaki—Avliyoto.
Ajab joyu xushfayzu osor ekan,
Balandu farahbaxsh ko‘hsor ekan.
Suvi obi kavsar kabi oq erur,
Ichgan kimsaga ta’mi shakar berur.
Erur g‘arbu sharqu janubida tog‘,
Hama sabzau nastarinu buloq.
Elotiya atrofida behisob,
Taomining boyvuchchasi beniqob.
O‘ti siynadin, molu koli fuzun,
Kelur zmchagidsh suti chun quyun,
Sog‘arlar sog‘in har kuni to‘rt yo‘l,
Qadam-barqadam hayma birla ovul,
Qimiz, suv-masalliq ichar mardumi,
Bo‘lur nahru daryo quyulsa kami.
Sutining tamomiysi qaymoq erur,
Kishi ichsa ta’mi sariyog‘ erur.
Duo birla edi bu Nodim salom,
So‘zum ko‘p erdi, qisqa qildim kalom.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse