Mahzun g‘azaliga muxammas

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Mahzun g‘azaliga muxammas
by Vola

Seni mahbublik mulkida ulkim arjumand etti,
Mani ham ishq vodisida zoru mustamand etti,
Yuzungni, ey parivash, gul kabi xotir pisand etti,
Azal dehqoni qadding naxlini to sarbaland etti,
Muhabbat rishtasi ko‘nglum qushi bo‘ynig‘a band etti,

Murodim bo‘lmadi o‘l sho‘xdin hosil chiqib, vahkim,
Mani o‘ldurdi bo‘lg‘ach o‘zgaga moyil chiqib, vahkim,
Demang, ishq ahlini qatlig‘a ul qoyil chiqib, vahkim,
Buti.nomehribonim masti loya’qil chiqib, vahkim,
Boshimg‘a sekratib, xoki tanim gardi samand etti.

Quyoshga o‘xshatur avval jamolin aqli ko‘tohi,
Nedinkim anga yetmas ishq elining nolau ohi,
Boqib o‘z jilvasig‘a noz ila tovus kabi gohi,
Yamon ko‘z tegmasun husnumg‘a deb ul xo‘blar shohi,
Jamoli otashig‘a donai xolin sipand etti.

Ko‘ngul berdim ko‘zu qoshingga, jono, asru dilkash deb,
Tarahhum qilmading hargiz, bu bir zori balokash, deb,
Jamii’ dilrabolardkn seni mumtoz mahvash deb,
Maloik shahnasi xurshidni husnig‘a sarkash deb,
Eshib, aylanturub, ta’zir uchun gardung‘a band etti.

Yangi oydekqoshi fikrlda qaddim turfa zor erdi,
Labini hasratidin ham hazin jonim figor erdi,
Visoli bodasidin Vola ko‘p ummidvor erdi,
Qiyo boqg‘aymu deb, Mahzun, ko‘ngul ko‘p intizor erdi,
Bihamdillahki, mijgon novakidin bahramand etti.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse