Mahkamalarni tubjoylashtirish

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Mahkamalarni tubjoylashtirish  (1923) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Sho‘ro mahkamalarining ishlarini tubjoy xalq tilida yurgizish masalasi bu yerda ham amaliy rang olub boradur.

Muzofot inqilobiy qo‘mitasining buyrug‘i chiqqandan so‘ng Andijon shahar va uyez inqilobiy qo‘mtasining birinchi o‘ktabr majlisida bu masalaga qaraldi.

Ijroqo‘m a’zolari muzofot markazining bu qarorini chin ko‘ngildan olqishlab qarshi oldilar. Ul qarorni hech bir nari-beri qilmasdan yuzaga chiqarishqa qaror berildi. Uyezning olish mahkumiga darhol tegishlik buyruqlar yuborildi.

Qarorni hammadan burun inqilob qo‘mitasi o‘zi yuzaga chiqardi. Yozish-chizish ishlarini bilaturg‘an yigitlarimiz darhol ishga tortilub, inqilob qo‘mitasining ishlari o‘zbekcha yurmakga boshladi.

Hozir uning hamma ishlari degundek o‘zbekcha yuradur, ruscha bo‘lagi ozgina qoldi.

Shahar xo‘jaligi shoʻbasi (komunalni otdel) ham yosh yigitlarimizdan bir nechtasini mag‘hkamasiga olub, o‘zbekcha ish yuritishga qadam qo‘ydi. Lokin, uning ishlari xali ko‘prak o‘ruscha yuradur. Yaxshiroq harakat qiling‘anda, tez fursatda, unda ham ishlar tubjoylashsa kerak.

Endi, navbat, maorif nazorati, yer-suv va moliya shoʻbalariga yetib qoldi. Ular aynuqsa, moliya shoʻbasi qancha qiyin bo‘lsa ham ishlarini tubjoylashtirishka tegish. Nimaga desangiz, shaharning butun qon tomiri, jon tomiri uning qo‘lida bo‘lub, yerlik xalqning butun ishi ham kelib tushadur.

Q

«Farg‘ona» 1923-yil 22-oktabr.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse