Mahalliy sarmoyani kuchaytirish choralari
Qaysiki mahalliy hukumat kishilari mahalliy sarmoyani kuchaytirish chorasini istasalar, Qo‘qon ijroqo‘mining shul xususda qilg‘on qarorlaridan ibrat olsin.
Masalan:
1. Boqimanda solig‘larni yig‘ishtirish haftasi e’lon qilib, butun mas’ul ishchilarni boqimanda solig‘larni undirish to‘g‘risida tashviqot kampaniyasi o‘tkazish uchun volostlarg‘a chiqarib, ul chiqqan vakillarning sutochniy olishlarigag‘ina, qishloqlarni sayohat qilishga chiqib, tashviqot o‘rniga ov qilib qaytishda volijroqo‘mlarning qo‘lidan olib kelgan tilxat bilan qanoatlansin.
2. Agarda birorta muassasaning shtati ko‘p bo‘lsa-yu, binolari yetishmagan bo‘lsa, darhol yonida bo‘sh joy bo‘lsa, oshxona qildirsin. Tokim mahkamaga kirari-chiqari ko‘payib, mahkama ishchilarining qorni ovqatning hidi bilan to‘yadir, 8 soatlik ish vaqtlarini 3/4 ni oshxonada o‘tkazmaydurlar: Ayniqsa, atlas, banoraslardan kafa qildirib, aravaga tushib yurgan, papiros olib chekishga pullarini ko‘zi qiymag‘on, har bir kirgan kishidan arizadan ilgari papirosga gadoylik qiladurg‘on ota o‘g‘illarining me’dalarini to‘yishiga sabab bo‘ladur.
Tangla ro‘zi qiyomat kuni so‘roqdan oson qutulishlariga sabab bo‘lg‘aylar, vallohu olam bissavob.
«Mushtum» jurnali, 1925 yil 13-son
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|