Luzonda ko‘ngil ozishlar va isiriq solishlar

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Luzonda ko‘ngil ozishlar va isiriq solishlar  (1923) 
by Abdulla Qodiriy

Hangama

Radio xabarlaridan

Liflid-20. Ozchiliqtashkil etgan erkatoylar masalasini qarayturg‘an shallaqilar kamisiyasi kecha shunday takliflar kirgizdi:

1. Hazrat Isoning tug‘ulish bayramida (rojdestvoda) Turkiya hukumati xristianlarg‘a hadyalar tarqatsun.
2. Turkiya qo‘l ostida bo‘lg‘an xristian xotin-qizlari dunyog‘a «Yangi itbachcha» tashlasalar (haromzodalari ham shu hisobda) Turkiya hukumati to‘xtovsiz suyunchilarini bersun.
3. «Yangi tug‘ilg‘an haromzodalar»ning nog‘orachisig‘a, yupqa-cho‘zmasiga, bo‘ynig‘a osaturg‘an oltun butiga va beshik to‘yisiga ham kafil bo‘lsun.
4. Turkiya xazinasi xristian butxonalariga har yili yangi qo‘ng‘iroq ishlatub bersun.
5. Xristianlarg‘a mutobi’atan har bir turk o‘z uyiga «Ona xudo bilan bola xudo»ning suratlarini ossun.
6. Har bir bo‘ynig‘a besh vaqt namoz farz bo‘lg‘an turk, o‘qug‘an namozidan keyin xristianlar haqiga duo qilmoqqa vijdonan majbur bo‘lsin.

Agar turklar ushbu takliflarni bosh to‘lg‘amay qabul qilsalar, inshoolloh, o‘t balosidan, suv bolosidan va boshqa anvoyi turluk ziyon-zahmatlardan emin bo‘lg‘aylar.

Taklifchilar o‘z talablarini turklar tarafidan lom-mim deyilmay, qabul qilinishig‘a ishong‘an edilar. Lekin Turkiya vakili Rizo Nuribek bu takliflarga qarshi shunday javob berdi:

— Taassufki, biz bunday erkaliklarga quloq bera olmaymiz.

Bu javobdan so‘ng butun ittifoqchi vakillariga bezgak kasali arz bo‘lib ikki parashokdan xinin iste’mol qilishdilar. Kerzo‘nning ko‘ngli ozib qolib va nazilus-kinnachiga yugurdi. Ikkinchi tomonda Ismat posha bilan bizning Chicherin to‘ra Rizo Nuribekka isiriq soldilar. Bu kun Luzonda qiziq tomoshalar bo‘ldi.

Tarjimon: Julqunboy

«Turkiston» — 1923 yil, 5 yanvar, 44-son

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse