Lutfiy g’azaliga muxammas

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Lutfiy g’azaliga muxammas
by Umarxon

Necha dard izhor etsam,ul sanamdin chora yo’q,
Ne uchun qon to’kmasun ul ko’zki namdin chora yo’q,
Ranj ila mu’tod o’lanlarg’a sitamdin chora yo’q,
Ishq tushsa har ko’ngulg’a dardu g’amdin chora yo’q,
Yetsa chun nishtar jarohatg’a alamdin chora yo’q.

Soldi zulfi oraz ila ko’ksum ichra tobu tab,
O’rtadi mahzun ko’ngulni sham’i muhfildek tutab,
G’uncha yanglig’ qon o’lub bir amr mavhumi tilab,
Ey vujud,ul tor of’izdin hech bo’lsan,ne ajab,
Ushbu yo’lda yurug’anlarga adamdin chora yo’q.

Chun nihon etting sochingdin,orazing,ey mahjabin,
Bu ado birla yoshurding kufr shomi ichra din,
Talx etti ayshimi baxtim qaro,ko’nglum hazin,
Bir tutub zulfingni yuz ming zahr toptim zulmidin,
Ore-orekim,yilon tutqong’a samdin chora yo’q.

Baski yo’q ushshoq xayli ichra men yanglig’ g’ayur,
Gar Amir o’lsam muhabbat kishvari ichra bo’lur,
Qilmag’il ma’yus aylab notavonlardin nufur,
Eshikingdin qavlama,bu Lutfiyning jurmin kechur,
Kim bu bob ichra karimlarg’a karamdin chora yo’q.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse