Lab uyur takallumg‘a, zulfni parishon qil...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Lab uyur takallumg‘a, zulfni parishon qil...
by Umarxon

Lab uyur takallumg‘a, zulfni parishon qil,
Qand qimmatin sindur, narxi anbar arzon qil.

Husn shohisen, jono, bu hazin gadolarg‘a,
Ko‘z uchi bila boqib, xayr ayla ehson qil.

Ishq dinig‘a munkir bo‘lsa zohidi xudbin,
Ey sanam, liqo ko‘rsat, gabrni musulmon qil.

Ehtisob uchun zohid kirsa dayr aro, soqiy,
Bir qadah bila oning zuhdidin pushaymon qil.

Istasang ko‘ngullarni g‘amza yoyig‘a qirbon,
Qoshlaring hilolini mohi iydi qurbon qil.

Sho‘xi chashmi navxatsen, noz dashtida sayr et,
Gardi xoki poyingni surmayi g‘azolon qil.

Yor la’lidin harfe ayladin Amir insho,
Ey ko‘ngul, bu gavharni jon ichinda pinhon qil.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse