Kuyar jonim, netay, dilxoh unutti...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kuyar jonim, netay, dilxoh unutti...
by Atoiy

Kuyar jonim, netay, dilxoh unutti,
Ko’ngul ahvolidin ogoh unutti.

Falakka yetsa ohim ne ajabkim,
Meni ul Zuhra ko’zluk moh unutti.

Qani bir mushfiqekim, yod bersa,
Gadoyi muxlisin ul shoh unutti.

Bu qulg’a bor ekan bis’yor lutfi,
Ne kamlik bo’ldikim, nogoh unutti.

Ne yo’lsiz keldi mendinkim, munungdek,
Azaldan jon ila hamroh unutti.

Firoqingda manga tasbih bo’ldi
Bu so’zkim: «Oh unuttu, oh unutti!»

Atoiy xayma ur mulki adamda,
Chu sendin ul buti xirgoh unutti.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse