Kulub dedi manga bu kecha dildor...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kulub dedi manga bu kecha dildor...
by Muhammad Rahimxon Feruz

Dedimkim, «Oshiqi zoringman, ore,
Netaykim, vaslinga yo‘l berding ag‘yor.

Sanga ag‘yor hamdam bo‘lsa bor dam,
Mening bag‘rim bo‘lur afgoru afgor.

Bu holimni ko‘rub, qilgil tarahhum
Bo‘lubman dardi ishqingdin base zor…»

Tabassum birla dur sochib so‘zidin,
Dedimki: «Ne g‘araz bu so‘zdin, ey yor?»

Dedim: «La’lingdin etgil bo‘sa ehson»,
Dedi: «Bu nukta bordur asru dushvor».

Ko‘rub ul damda behad iztirobim,
Dedi: «Feruz, bo‘lgum sanga g‘amxor».

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse