Kulli ashyoni egam qudrat bilan bor ayladi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kulli ashyoni egam qudrat bilan bor ayladi...
by Haziniy Xoʻqandiy

Kulli ashyoni egam qudrat bilan bor ayladi,
Bandalarga bir necha sun’ini izhor ayladi,
Ba’zini gumroh etib, ba’zini hushyor ayladi,
Necha mursallar etib, mushrikni inkor ayladi,
Kimki kim imoni yo‘qtur, doxili nor ayladi.

Odam o‘g‘lin yer yuziga nechasin sulton etib,
Davru davron surdirib, ko‘ngullarin xandon etib,
Bu o‘lumdin bexabar yurdi alar, javlon etib,
Taxtu baxtini ajal bir kun ani vayron etib,
Barchasin xoki mazallatga giriftor ayladi.

Ba’zisin qildi g‘aniy, bir nechani qildi g‘arib,
Dasti ko‘tohlik bilan doim alar g‘amga qarib,
Bul jahondin o‘ttilar javru jafolarni ko‘rib,
Munda yig‘lab o‘tguchi rohat ko‘rar anda, borib,
Bul jahonda yaxshilarni barisin xor ayladi.

Kim g‘arib bo‘lsa agar, ko‘nglida ko‘p anduhu g‘am,
Doimo eldin yetar onlarg‘a ham javru sitam
Kim, jarohatdur yurogi barisi, ko‘rsa alam,
Bu falakdin boshiga kulfat yetodur dam-badam,
Kotibi qudrat ani g‘urbat bilan yor ayladi.

Aksari odamg‘a farzand bermadi hargiz xudo,
Ba’ziga bergonini qo‘ymay yana oldi qazo,
Ona birla otasin qon yig‘latib, qildi judo,
Ushbu illatg‘a kishini qilmasin hech mubtalo,
Ey Haziniy, ba’zini farzand uchun zor ayladi.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse