Kulbam sari jononim kelmasmu ekin oyo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kulbam sari jononim kelmasmu ekin oyo...
by Shermuhammad Munis

Kulbam sari jononim kelmasmu ekin oyo,
Hajrida yomon holim, bilmasmu ekin oyo?

So‘rmoqqa borur yorim oshiqlari ahvolin,
Deb ul meni ham oshiq, kelmasmu ekin oyo?

Hajrida qolib yillar, olmas xabare mandin,
Ollida kishi yodim qilmasmu ekin oyo?

So‘rg‘ay edi holimni, oshiqlaridin bilsa,
Gar bilsa, dog’i ko‘zga ilmasmu ekin oyo?

Xanjar chekib el bag‘rin tilmakdin etar ehson,
Bag‘rimni mening yorab, tilmasmu ekin oyo?

Baskim to‘ladur yoshdin, ko‘zni ocha olmasman,
Bir lutf iligi oni silmasmu ekin oyo?

Gulzori visolig‘a Munis yeta olmas hech,
Aylab talabin yeldek, yelmasmu ekin oyo?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse