Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur...
by Lutfiy

Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur,
Jonlar oladur, vah, ne balo ko’zi qarodur?

Ko’z ustida jon olg’uvchidur xoliyu qoshi,
Bir-birga bari fitna qotilg’an ne balodur?

Hamdardtur aytay anga holimkim, inong’ay,
Gulshandin o’shul bulbuli miskin, ki judodur.

“Bosh o’ynayinu jon berayin vasl uchun” – ayttim,
Xush-xush kulub aytur mangakim: ”Yaxshi bahodur!”

Ko’p qilma aning javridin, ey Lutfiy, shikoyat,
Kim, husn elining shevasi payvasta jafodur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse