Ko’rub gultek yuzung jon pora-pora...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko’rub gultek yuzung jon pora-pora...
by Sakkokiy

Ko’rub gultek yuzung jon pora-pora,
Jigar ham qildi ul qon pora-pora.

Jonim ko’rgan jafoning mingda birin,
Bo’lur gar ko’rsa sandon pora-pora.

Kularda ko’rsa og’zi birla tishin,
Bo’lur gulnori xandon pora-pora.

Netong munda o’zin chok etsa g’uncha,
Aningtek bo’ldi chandon pora-pora.

Bag’ir qon qildi amrindinu bo’ldi
Ko’zumda la’lu marjon pora-pora.

Saqoqin kish yaqosi o’pkanidin
Jonim choku giribon pora-pora.

Ko’ngul Sakkokiytek jon birla rozi,
Jigarni qilsa ul jon pora-pora.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse