Ko’rsat jamoling

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko’rsat jamoling
by Boborahim Mashrab

Ko’rsat jamoling mastonalarg’a,
Ishqingda kuygan parvonalarg’a.

Mendin duodur,sendin — ijobat,
Jonim tasadduq jononalarg’a.

Ey ko’ngli qattig’,rahm aylamaysan,
Qilg’il nazar sen bechoralarg’a.

Mashrab seni deb kechti jahondin,
Boshini qo’yub ostonalarg’a.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse