Ko’rmay ey, dilbar, yuzungni, bo’ldi ahvolim xarob...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko’rmay ey, dilbar, yuzungni, bo’ldi ahvolim xarob...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Ko’rmay ey, dilbar, yuzungni, bo’ldi ahvolim xarob,
Rahm etib kelsang na bo’lg’ay xasta jonimni so’rob.

Holi bemoru g’arib so’rmak savobdur beadad
Ermish, ey yorim, sanga hargiz kerakmasmu savob.

Soyai g’amda qolibman, kulfatimdur behisob,
Tegmadi man zarrani boshig’a hargiz oftob.

Toliu baxti zabundurman netay, ey dilrabo,
Kelmadi oyo nechuk san deb mani zolim so’rob.

Oh ursam saqfi gardung’a tegar ohim o’ti,
Shiddatidin o’t chiqib, aylab sado yig’lar sahob.

Qil hazar ohim o’tidin, ey nigori nozanin,
Bo’lsa jo’sh ohimg’a yeru ko’k qilmas hech tob.

Necha yildurkim, nigoro, ostonang yostonib
Supurub mujgon bilan, septim ko’zum yoshidin ob.

Qilmading hech loyiqoti xizmatim, ey moh ro’y,
Ori-ori boqmading bir yo’l olib yuzdin hijob.

Ey Huvaydo, yurmading san bir dami beg’am bo’lub,
Xotiring bo’ldi saranjom oqibat bo’lg’ung turob.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse