Ko’rgoli keldim

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko’rgoli keldim
by Boborahim Mashrab

Ishqing o’tig’a kuygoli keldim,
Oydek yuzungni ko’rgoli keldim.

Savdoi zulfing tushdi boshimg’a,
Sendin savollar so’rgoli keldim.

Bahringga kirdim g’avvos bo’lay deb,
Bir durri maqsud olg’oli keldim.

Mani so’rasang, ey guluzorim,
Mahvi jamoling bo’lg’oli keldim.

Qofila ketti,manzilga yetti,
Men ham boray deb ketgoli keldim.

Soqiy, qadahni qilg’il muhayyo,
Vahdat mayidin ichgoli keldim.

Rahmat eshigin Mashrabga ochg’il,
Ishqing ko’yida o’lg’oli keldim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse