Ko‘zum uchadur to ko‘ra olg‘ay asar andin...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘zum uchadur to ko‘ra olg‘ay asar andin...
by Bayramxon
333555Ko‘zum uchadur to ko‘ra olg‘ay asar andin...Bayramxon

Ko‘zum uchadur to ko‘ra olg‘ay asar andin,
Ko‘nglum o‘sadurkim, ola olg‘ay xabar andin.

Vahkim, nazarim o‘trusida jilvagar ermas.
Ulkim, ko‘tara olmas edim bir nazar andin.

La’li o‘ti gulguna sirishkimni qilur tez,
Zohir bo‘ladur qatraye xuni jigar andin.

Bunyodi balo qilmadi to‘foni sirishkim,
Kim yer ila ko‘k bo‘lmadi zeru zabar andin.

Bayramki, so‘rog‘ aylar edi og‘zi nishoni,
La’lini so‘rub bo‘ldi so‘zi muxtasar andin.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse