Ko‘zingga qara, amaldor!
Oyimqishloq bo‘lusi Toshloq degan qishloqda Boybobo boybachcha degan kishi mehmonxonasida sheriklari bilan xo‘b ichkilik ichkandan keyin mast holida ko‘chaga chiqib, shovqun-suron bilan xalqni besaranjom qilg‘an.
O‘z qo‘l ostida shundoq to‘palanglar bo‘lg‘ani holda mahalliy hukumat munga qarshi kerakli choralarni ko‘rmagan.
Ijroqo‘m bu to‘g‘rida xabar olg‘andan keyin ko‘chada mastlik qilib xalqni besaranjom qilg‘an boybachchaga 300 so‘m jarima solishqa va shu voqeaga sust qarag‘ani uchun Oyimqishloq bo‘lus ijroqo‘mi raisi Quvvatboy o‘g‘lini 5 kun qamatmoqqa qaror berdi.
Mastlik qilib ko‘cha-ko‘yda xalqning tinchlig‘ini buzg‘anlar qonun bo‘yincha jazo tortishqa tegishlar.
So‘ng vaqtda markaz hukumat tarafidan chiqarilg‘an bir dekret bo‘yincha mastlik orqasida ko‘cha-ko‘yda to‘palang qilmasdan, ko‘chada mast holda ko‘runganlar ham jazo ko‘rishga tegishlar.
Ijroqo‘mimiz Oyimqishloqdag‘i bir mastga, u mastga sovuq qarag‘an amaldorga adab berdi. Bu yaxshilikni shaharning o‘zida, kuppa-kunduz odam ko‘b joyda anchagina mas’ul ishdagi o‘rtoqlar taytanglab, mast holda gapirib, xalq qoshida hukumatning e’tiborini tushurushga sabab bo‘ladurlar.
Undoq hollarni militsiya ko‘rmaydur. O‘shanday odamlar, balki, o‘zlari militsiyaga qarashliq bo‘lurlar…
Munga yaxshilab diqqat qilinmaydur. Agar o‘tkurroq ko‘z bilan, astaydil qaralg‘an vaqtda bizning ko‘zimizga ilashgan suratlar hukumat mahkamalarining ko‘ziga ham ilashib qolar edi.
Q.
“Farg‘ona” gazetasi,
1924-yil, 31-mart, № 159.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|