Ko‘zi qotqan do‘qtur

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘zi qotqan do‘qtur  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Bizning xarobaliqdan zorlanub yig‘lag‘an “Haqulobod” rayonidagi yirtiq to‘nlik mehnatkashlar uchun uyaz hukumatlarimiz “Haqulobod” qishlog‘ig‘a kichkina bir “Ambulatoriya”ni munosib ko‘rub, bir rus do‘qturi va pichrlari bilan yuborg‘an edi.

Mehnatkashlar endi turlik-turlik kasalliklaridan osonliq bilan qutular ekan, deb xiyla suyungan edik. Ammo keyingi kunlarda “lekini” chiqib qoldi.

Do‘qturning… talab qiladurg‘an nafslariga mehnatkashlarning olub kelgan tuhfalari muhtaram do‘qturni xiyla semirtirkan shekillik, yaqinda bir o‘yuni ma’lum bo‘lub qoldi.

Davolanish uchun do‘qturning oldig‘a borg‘an ishonchlik bir mehnatkashning so‘ziga qarag‘anda, ushbu 2 nchi iyulda do‘qturning kasal ko‘radurg‘an “xos” xonasining oldida bir muncha erkak-xotun har kunidek navbat kutmakda ekan. Bu kishi ham eng orqada navbat kutub turgan, bir vaqt bir xotunning navbati kelib ichkariga kirib ikki minut o‘tmay shoshilgan holda o‘pkasi og‘zig‘a tiqilib chiqqanda qochqan. Muni ko‘rub hamma hayron… Ikkinchi safar kirgan xotun ham shu xilda: “Dorung boshingni yesin! Sen bilan hazillashkali kelganmanmi?! Yer yutkur o‘rus!” deb qarg‘ab, chiqib ketkan.

Bu xilda xotunlarning bezanglashidan haligi kishi sekin ogohlansa, ish munday ekan: do‘qtur afandi xotunlar kirgan vaqtda eng avval:

– Sening kasaling mana bu yerda ekan” deb xotunlarning badaniga sovuq qo‘lini tekizar ekan. Muni bilgan mehnatkashlar:

– Do‘qturning bu “hunari”dan duoxonlarimizning o‘qub tuzatishlari ham yaxshi ekan, deb ixloslari qaytmoqdadur.

Andijonlik

“Farg‘ona gazetasi,

1924-yil, 24-iyul, № 189.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse