Ko‘z qonidin dema...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘z qonidin dema...
by Alisher Navoiy

Ko‘z qonidin dema, etagim lolavordur,
Kim, ko‘hi darning etagi lolazordir.

Har lola bir axgar erur, lek siynaso‘z,
Qay ko‘hi dard aro bu sifat lola bordur.

Bir gul yuzi firoqida xunobi ashk ila,
Yuz za’faroni ichra ko‘zim lolakordur.

El poymol etarlar uzub dasht-u tog‘ aro,
Baskim, yuzing guli qoshida lola xordur.

Qon ichra g‘arq bag‘rim aro dog‘-u dasht uza,
Bekasligim chog‘ida manga lola yordur.

Soqiy, ketur surohiy ila lolagun qadah,
Xossa bu damki, subh yeli lolabordur.

Tegramda ohdinki erur, ey Navoiy, o‘t,
Ko‘z qonidin dema etagim lolavordur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse