Ko‘rganimdur subhning...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘rganimdur subhning...
by Alisher Navoiy

Ko‘rganimdur subhning pirohanidin chokrok,
Kirpikim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokrok.

Bu ko‘ngul g‘amnokidin to shodmon ko‘rdum seni,
Istaram har damki, bo‘lg‘ay xotirim g‘amnoknok.

Layli andin qo‘ydi Majnun ko‘nglida raxti g‘anim,
Kim, yo‘q erdi manzil ul vodiyda andin pokrok.

O‘yla mujgon xanjarig‘a yopishibdur durri ashk,
Kim, magar andin yatime yo‘qturur bebokrok.

Lablaringdin jon olurda barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qulung yo‘q bandadin cholokrok.

Odamiyliq tufrog‘in bersa fano yeliga charx,
Ohkim, yo‘qtur kishi ahli vafodin xokrok.

Necha o‘qlasang Navoiy ko‘ngli zaxminroq bo‘lur,
Ko‘rmaduk zaxmeki tikkan soyi bo‘lg‘ay chokrok.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse