Ko‘plab aziyat tortib yoronlarim jahonda...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘plab aziyat tortib yoronlarim jahonda...
by G‘urbat

Ko‘plab aziyat tortib yoronlarim jahonda,
Qoldim chiqib Ho‘qanddin Mazgil de.gan makonda,
Osh o‘rniga najosat har qaysi bir do‘konda,
Dar baldai Namangan sardoba Isfahonda,
Eson-omon yuribman alhol shul zamonda.

Keltursa Jabrailkim minmas edim buroq men,
Gardun jafosi birla ovorai firoqmen,
Ominajon, sog‘indim, qandoq qilay yiroqmen,
Begonadin zaifa zavjamga yaxshiroqmen,
Qolgan uchun gurusna nochor xonadonda.

Qozii Beshariqqa aydim yozib so‘zimni,
Giryon qilib nadomat abhorida ko‘zimni,
Qildi ooqib tabassum ko‘rgan zamon yuzimni,
Topshurmayin netarmen haq hukmig‘a o‘zimni,
Had bo‘lmasa tariqcha maxluqi notavonda.

Bil sart arobasiga tushgan kishi shaloyim,
Pervoy kalasni so‘rsang ustollari muloyim,
Boshlab meni cho‘liston yo‘lga azal xudoyim,
Qo‘rqib qaroqchilardin maxfi ko‘ngulda.doim,
Chekmas edim bu yanglig‘ kulfatni ko‘p degonda.

Ul dilkash Olloyorbek tilmoch degan salomat,
Bo‘lsin ilohi omin to muddati qiyomat,
Zunnunxoja mirzo xat bobida alomat,
Toshxoja sizga qilsam bir kamtarin nadomat,
Har yerda qadru qimmat kunjorayu somonda.

Hoji aziz afandim ozoda ishfurushlik,
Beshak erur gumonda qaytib borib ko‘rushlik,
Pul yo‘q uchun qo‘limda ulfatlarim urushlik,
To bo‘lsa Abdurahmon boy birla o‘lturushlik,
Pashmakni xo‘b to‘karsiz gulxona oshyonda.

Hoji afandi Ishoq a’lam mussalami qul
Borsam Azimjon otliq do‘stimga axtarib pul,
Yo bermadi aniq bir ravshan javobini ul,
Ko‘rganda ag‘niyoni arvohidin bo‘lib qul,
Dardu alamlarim bor bemor ustuxonda.

Sirdon birodarimdur mahzumi mirza Mas’ud,
Shogirdlarimni qildim o‘lguncha oh, mardud,
Etkurmasin tamomi bir zarra manfaat sud,
Ushbu so‘zimga xat ham qog‘oz, siyoh mashhud,
Bir Xolmuhammad otliq mullo Sirak tomonda.

Ko‘p,mehribon volostnoy mingboshimizni bilsam,
To o‘lganimcha doim hurmatlarini qilsam,
Yordam berib ko‘ngulni oldi biletga kelsam,
Kibru havo ketarmu bo‘ynimga xalta ilsam,
Do‘rmoncha, Zodiyonu, Rishtonu, Marg‘inonda.

Rangi cho‘tir, ko‘zi ko‘k, ismi nihon sarig‘ ro‘,
Bepul agar topilsa har yerda choyi xushbo‘,
Bir ko‘rpalik pishiq surp himmat qilib xudojo‘,
Hovliga tez yuborsin gugurt bilan tomoku,
Alhol mustaqimman bormoqligim gumonda.

Menkim Niyoz Muhammad mirzoga yozdim insho,
Tegsa o‘shal yuborgan sirkom qo‘liga ammo,
Qilsun raqam chiston yoki ajib muammo,
Mansur Xoja mufti hozirgi ahli fatvo,
Qamchin bilan urarman har kim yomon degonda.

Umringda ko‘rmagan gul mazkur chamanda bordur,
Tog‘larda bitgan archa albatta beshumordur,
Dunyodagi nimarsa o‘z maskanida xordur,
Har yerda bu kamina mardumga e’tibordur,
Kelgan edim Namangan shahriga yosh ekonda.

Aprelni o‘ttizida yakbora To‘raqo‘rg‘on,
Toqat nechuk qilurman solsa ko‘ngulga tug‘yon,
Hoji to‘ramni ismin aylab dilimda pinhon,
Nonushtaga yer erdim borsam agar patir non,
Rezinkali tilashka kelsa sahar, azonda.

Hosilki hissa ko‘tah istab arobakashni,
Mirzo Nazarga berdim hosilki rishu pashni,
Artib tamomi dildin har qancha g‘ilu g‘ashni,
Tanho na deb yururman topsamki ko‘z talashni,
Azbaski aqlu hushim farzaidi mehribonda.

Hozirda Chustu, Chotg‘al, Kosonga oshgaiim yo‘q,
Fikrimda yodi Mavlo behuda toshg‘anim yo‘q,
Mo‘ylabni garchi olmam yo‘ldin adashganim yo‘q,
Sel keldi deb tomoku tortarga shoshganim yo‘q,
Tark aylamay daloyil dardimni har qayonda.

Hoji to‘ra afandi qozii To‘raqo‘rg‘on,
Shuhratda nomlaridir Iso sifat Ishoqxon,
Go‘yoki bir eshondek aylab faqirni mehmon,
Qoldim ko‘rib taajjub xonalarini hayron,
Hodis demang qadimdin oshno edik nihonda.

G‘urbatni suratidii nafrat qilur ko‘ngullar,
Har bir so‘zida ammo lekin’nasimi gullar,
Yolg‘on suxan demasman bo‘ynimga solsa g‘ullar,
Bir necha shoiringiz ash’orini o‘g‘irlar,
Rost ersa, qo‘l qo‘yinglar, bu safhaga tubonda.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse