Jump to content

Ko‘nglum ichra dard-u g‘am...

From Wikisource
Ko‘nglum ichra dard-u g‘am...
by Alisher Navoiy
293918Ko‘nglum ichra dard-u g‘am...Alisher Navoiy

Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas,
Kim, ul oyning hajri ham avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.

Ne sitamkim, rahmi maxfi erdi zimnida,
Emdi qilsa har sitam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.

Demangiz Shirin-u Layli oncha bor husn ichrakim,
Xo‘blikda ul sanam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.

Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o‘zga yor,
O‘lmishamkim, bu alam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.

Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni,
Kim, rasvoyi dijam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.

Ko‘yining ehromidin ko‘nglumni man etmang yana,
Kim, anga azmu haram, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.

Ey Navoiy, qilmi Jamshid-u Faridun vasfikim,
Shoh G‘oziyg‘a karam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.