Ko‘klam keladir

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘klam keladir  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Ko‘klamoyim yo‘lga chiqqan, ko‘klamoyim qo‘zg‘algan;
Ko‘k ko‘ylakning bitishiga uncha ko‘p ham qolmagan!

Tiniq havo… ko‘k yuzida oppoq harir pardadek
Oq bulutlar unda-munda yoyilganlar parishon.
Shu’lalarning aksi bilan yiltillagan ignadek
Kun tig‘lari qarashlarga o‘tkir-o‘tkir sanchilgan…

Qip-yalang‘och daraxtlar ham quchoq ochib, ko‘z tutib
Ko‘k ko‘ylakning bitishini chidamasdan kutalar.
Qarg‘alar ham qishda qilgan gunohlarni unutib,
Uzr aytmasdan, indamasdan uchib-uchib ketalar.

Sezgilarni uyg‘otguvchi hidli gullar to‘planib:
«Biz ham yo‘lga chiqdik!» – deya yuborganlar bir chopar.
Gul hididan rizq emguvchi jonivorlar uyg‘onib,
Erta-indin bog‘chalarga, chamanlarga tarqalar.

Ko‘klamoyning ipak ko‘ylak etaklari sudralib,
Qora yerning boshlarini silab-siypab keladir.
U silashdan, u siypashdan quvvat olib, kuch olib
Qora yer ham ko‘ksidagi oltinlarni beradir.

Ko‘klam bilan yurtimga ham bir ko‘karish kelsaydi,
Ko‘ngillar ham havolardek ko‘klam hidi bersaydi,
Dillarga ham havolardek ko‘klam ruhi kirsaydi!..

Andijon. 1924, 18–fevral

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse