Koʻrmamish sandek jahonda hech bir gulzor, gul...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Koʻrmamish sandek jahonda hech bir gulzor, gul...
by Komil Xorazmiy

Koʻrmamish sandek jahonda hech bir gulzor, gul
Kim sanga bordur badan gul, jabha gul, ruxsor, gul.

Gul uzoring lam’asidin ochti gardun bogʻida,
Farqadon gul, kahkushon gul, sab’ai sayyor gul,

Bazm aro gulbargi xandoninga qurbat topgʻali,
May gulu, meno gulu, ham sogʻari sarshor gul.

Boʻldi bulboʻllargʻa gulshan ichra husning shavqidin,
Nola gul, afgʻon gulu, alhon gulu, minqor gul.

Gulshani bazm achra har fe’l oʻlsa gar sandin ayon,
Noz gul, raftor gul, guftor gul, atvor gul.

Sayri bogʻ aylarda toptilar quduming fayzadin,
Sarv gul, shamshod gul, ashjor gul, har xor gul.

Yigʻlamakdin gul yuzing hajrida qonligʻ ashkidin,
Fosh etar xuni jigar gul, didai xunbor gul.

Boʻldi mutriblargʻa bazming ichra hangomi surud,
Noxunu mizrob gul, musiqiyu advor gul.

Boʻldi zohidlargʻa husni bemisoling vasfida,
Zikr ila avrod gul, tasbih gul, dastor gul.

Chun sening yoding qilurlar sokini dayru haram,
Yo samad gul, yo sanam gul, subha gul, zunnor gul.

Qildi Komil tab’ini shah lutfi gulzor oʻylakim,
Masnaviy gul, qit’a gul, abyot gul, ash’or gul.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse