Kirib sayr etmagan ko‘nglida ko‘p armen ekan, gimnav...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kirib sayr etmagan ko‘nglida ko‘p armen ekan, gimnav...
by G‘urbat

Kirib sayr etmagan ko‘nglida ko‘p armen ekan, gimnav
Marizi bedavoni dardiga darmon ekan, gimnaz.

Birinchidin qarab boqsang hama ta’dil arkonlig‘,
Biron-bir mamlakatda misli yo‘q ayvon ekan, gimnaz.

Ki ba’zi bachchalar sakkiz yoshidin o‘n birgacha bir xayl
Adablik bachchalar to‘ti kabi xushxon ekan, gimnaz.

Biri shnon tilinda, o‘zgasi har koriga mashg‘ul,
Musulmon aqli qosirdur, hama arkon ekan, gimnaz.

Zaboni rusiyani ba’zisi tahsil etar anda,
Magarkim islondin avval ilson ekan, gimnaz.

Lotin ham tahsil o‘lmishkim mudarris zeri hukminda,
Fransuz lafzini kasb etgani farmon ekan, gimnaz.

O‘turgan joylaridin tursa bo‘lmas ko‘rmayin ustoz,
Alarg‘a lutfi haq odobidin bergon ekan, gimnaz.

Urulsa qo‘ng‘iroq sabsim chiqarlar qut uchun darhol,
Kirur vaqtida ham qo‘ng‘iroq bila turgon ekan, gimnaz.

Ki shogirdlar chiqib ketgan so‘g‘in jumla mudarrislar
Ajab suhbat qurub majlis ila maydon ekan, gimnaz.

Hama darsxonada har xil zabonin tahsil etmishkim,
Marotiblik muallimlar bo‘lur davron ekan, gimnaz,

Muqorindur falakka, ya’ni ko‘p a’lo imoratlik
Javohirlar asr bermish nechuk bitkon ekan, gimnaz.

Agarda maktabiga kelmasa bayshidin taftish,
Sabab kelmasligi bu deb javob aytkon ekan, gimnaz.

Kezib man necha iqlim ko‘rmadim G‘urbat bayon etsam
Magar ko‘rdim kelib Toshkentda bir dur kon ekan, gimnaz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse