Kimnikim do’st dedum, dushmani jon topdim oni...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kimnikim do’st dedum, dushmani jon topdim oni...
by Shermuhammad Munis

Kimnikim do’st dedum, dushmani jon topdim oni,
Neki andin tiladim sud, ziyon topdim oni.

Yor mehrin tilab, ag’yor jafosin ko’rdum,
Mayki gulgun talab ettim, qaro qon topdim oni.

G’unchayi xotirim ochmoqg’a nasime tiladim,
Goh o’tlig’ yelu goh bodi xazon topdim oni.

Nekxohim deganim barcha bor erkan badxoh,
Onikim anglar edim yaxshi, yomon topdim oni.

Ishq anduhi nihon qolmoqi imkon ermas,
Menki yoshurmoq ishim erdi, ayon topdim oni.

Vaqtdur, dilbarig’a topsa nishone Munis
Kim, g’ami ishq aro benomu nishon topdim oni.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse