Kel, ey soqiy, mayi gulfom keltir...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kel, ey soqiy, mayi gulfom keltir...
by Maxmur Koriziy

Kel, ey soqiy, mayi gulfom keltir,
Bahor ayyomi rangin jom keltir.
Ichib bir necha so‘zlarni deyin mast.
Sunib tur kosai zarrinni payvast.
Ichib may kirdilar so‘z gulshanig‘a,
Tushub bir necha ishqing gulxanig‘a.
Terib ba’zi guli ma’nini hadsiz,.
Kuyub kul bo‘ldilar ba’zi jigarrez.
Guli ma’ni terib bo‘ldi Nizomiy,
Birisi Xusrav o‘ldi, biri Jomiy.
Navoiydek chamanning bulbulin ko‘r,
Kelib bul turki ma’ni lazzatin so‘r.
Biri Majnun masal sahronavarddur,
Biri tesha qo‘linda ko‘hgarddur.
Biri axgar bo‘lib kuymoq shiori,
Biri ko‘z qoni to‘kmoq korubori.
Birini qildi kul bir dilbarosi,
Birin qon yig‘latib bir oshnosi.
Biri la’li mayi birlan etib mast,
Birini shahdi Shirin ayladi past.
Birin xokistar aylab otashi ishq,
Birin g‘arqobi xun etmoq ishi ishq.
Berib birig‘a ishqing doridan joy,
Aialhaq aytturub dor uzra hoy-hoy.
Biri charx urdi bozor ichra bilmay,
Biri behud o‘tib ketdi dam urmay.
Birini so‘zlatib minbar boshinda,
Biri maylik qadah gulhaq qoshinda.
Birig‘a ranji so‘zu dardu mehnat,
Biri shodu, biri tortarda kulfat.
Solib har qaysini bir shevaig‘a,
Namudor aylayub olam elig‘a.
Birin Layli qo‘lidin etti Majnun,
Birin Shirinidin aylab digargun.
Birin ko‘r, ichdi Layli ilgidnn may,
Sunub Shirin birig‘a ichdi, hay-hay.
Totub har qatrasin men ham alardek,
Qiray so‘z byoshasiga sheri sherdek.
Vagarna kuldin ayla bistarimni,
O‘chursin bodi ishq xtshstarimni.
Ochib ishqing daru darvozasini,
Ichur har lahza shahding tozasini.
Dilimg‘a so‘zu, dardu sho‘r berg‘il,
O‘limg‘a domani mansur berg‘il.
Bugun ahli xiraddin aylagil dur,
Muhabbatning mayidin ayla pursho‘r,
Deyin bozori ishq ichra analhaq,
Meni ham so‘ysalardi kosh nohaq.
Karam qil garchi bir kelgan gadoman,
Bu g‘urbat shomi-la bir benavoman.
Halok etma necha andisha birlan,
Berib Shirin mayin ur tesha birlan.
Berib Layli mayin Majnunshior et,
Qo‘yib sahroi g‘amda xor-zor et.
Berib ul ikkisig‘a dilrabosin,
Etib ul ikki maftunni gadosi.
Vagarna bu ikki farzona erdi,
Qachon bu ikkisi devona erdi?
Agar har kimsaig‘a dilbaridin,
Totursa shakkarin Shirin mayidin,
Qachon bo‘lmas balo dashtida Majnun,
Ki tog‘i g‘amni qilmas ostun-ustun.
Qachon bo‘lmas kishi Bahromi Go‘ri,
Diloromidin ul topsa huzuri.
Qachon Vomiqcha bo‘lmas har dilafkor,
Aning Uzrosi bir boqsa bayakbor.
Qachon har benavog‘a boqsa yori,
Tururmu etmayin yuz jon nisori.
Qachon chekmas kishi dilso‘z ohi,
Anga boqsa parivash goh-gohi.
Qachon bul Maxmuri dilxasta mahzun,
Ichib may bo‘lmadi sargashta majnun.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse