Kel, ey soqiy, karam qil sog‘ari may...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kel, ey soqiy, karam qil sog‘ari may...
by Maxmur Koriziy

Kel, ey soqiy, karam qil sog‘ari may,
Halok bo‘ldim bu maxfilda may ichmay.
Ichib man ham qazay tog‘i vujudim,
Yo‘qolsin nash’a birlan boru budum.
Olib tesha qo‘limga mast kirsam,
Ki tog‘ni qazmag‘in dodini bersam.
Meni ham shahid qil, e yori qobil,
Ki bir shisha halohilni yuborgil.
Ichib qilsam vujud tog‘ini barham,
Ochib jo‘yi muhabbatni og‘ushsam.
Manga jo‘yi muhabbat kelsa erdi,
Ki andin bog‘i dil sabz o‘lsa erdi.
Ochilsa necha rang gul bog‘i dildin,
Oqib ko‘p chashma chiqsa tog‘i dildin.
Oqilg‘on chashmadin ham el barisi,
Ichib shod o‘lsa yoshi ham qarisi.
Jahon bog‘ini bul sarsabz qilsa,
Rango-rang necha rang sabza ko‘karsa.
Muni ko‘rg‘on xaloyiq shod bo‘lsa,
Kuduratdin hama ozod bo‘lsa.
Ne bo‘lg‘ay ko‘rsam erdi bog‘i ishqin,
Agarchi qazmasam ham tog‘i ishqin.
Ichib jomi payo-payni bo‘lub mast,
Desam zrdi necha so‘zlarni payvast.
Ochib mayxonai ishqing eshikin,
Ki andin bir surohi may yuborgil.
Bu Maxmur ko‘p xumoriy, ertadin-kech,
Menga bir boqmading bo‘ldi na deb hech.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse