Kechti umrum naqdi g‘aflat birla...
Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf,
Qolg‘ani sarf o‘ldi anduh-u pushaymonlig‘da hayf.
Jong‘a bir dushvorlig‘ qo‘ymay riyozat ranjidin,
Sarf bo‘ldi naqdi avqotim tan osonlig‘da hayf.
Bog‘ladim paymonadin paymon, fig‘onkim, aql-u din,
Bo‘ldi bu paymona-vu ul sustpaymonlig‘da hayf.
Ey musulmonlar, bilingkim, bo‘ldi umrum hosili
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonlig‘da hayf.
Hayfkim, naf aylamas har nechakim tortib ilik,
Desam, o‘z ahvolima bu nav hayronlig‘da hayf.
Andoq ishq qilkim, pushaymon bo‘lmag‘aysenkim, emas,
Hech osig‘ chun ish xato bo‘ldi pushaymonlig‘da hayf.
Har ne o‘tkan so‘zlarim chindur desam yolg‘on erur,
Chin budurkim, degaymen umr o‘tdi yolg‘onlig‘da hayf.
Chun yengilrakdur hisob o‘lg‘anda sultondin gado,
Hayfkim, bo‘lg‘ay gado avqoti sultonlig‘da hayf.
Ey Navoiy voqif erman xalqdin, bori mening,
Kechti umrum naqdi g‘alat birla nodonlig‘da hayf.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |