Jump to content

Katta maktab egasi

From Wikisource
Katta maktab egasi (1936)
by Abdulhamid Choʻlpon
334302Katta maktab egasi1936Abdulhamid Choʻlpon

Buyuk Gorkiyni ko‘rish va so‘zlarini eshitish sharafiga erishganlardanman. 1935 yilning mart oyida edi shekilli (agar yanglishmasam), SSSR sovet Yozuzchilari soyuzining plenumida Gorkiyning so‘nggi so‘zi bo‘ldi. O‘zi qarig‘an sari ruhi va inqilobiy g‘ayrati orta borgan bu ulug‘ chol, kuchli olqishlar ostida minbarga chiqdi. Olqishlar nihoyat to‘xtadi-da, sekin va past ovoz hamda Nijgorod lahjasining ba’zi bir ta’sirlari bilan, so‘zg‘a boshladi. Ovozida qariliq ta’sirlari o‘zini ko‘rsatardi, ya’ni orqa qatorlardan tovushini eshitish qiyinroq edi. Bu keksa ovoz bilan aytilgan so‘zlarda ajoyib bir yosh jonlilik bor edi. Bu jonlilik hatto juda kichkina, oddiy ko‘zga mayda kabi ko‘rinaturg‘on narsalarda ham ko‘rinardi. Chunonchi, u inqilob dushmanlarining qishloqlardag‘i bir ig‘vosidan gapirdi. Ular traktorga qarshi tashviqot qilarkan, traktor ovozidan qo‘rqib ba’zi bir qushlarning qochib ketganlarini, holbuki, ularning qishloq xo‘jaligida zararli hashorot bilan kurashuvchi foydali qushlar bo‘lganini aytar ekanlar. Ulug‘ ustoz, sovet yozuvchilarini dushmanning kurash taktikasidagi shunday kichkina jihatlariga ham ko‘z yummaslikka chaqirdi. Bu, notiqning turmushni qanday yaxshi bilganini ko‘rsatib turar va bizlarni ham shunga o‘rgatib turardi.

Men Gorkiyning eng zo‘r va to‘ng‘ich asarlaridan «Ona»ni tarjima qilish sharafiga ham erishganlardanman. Tarjimaning sifati to‘g‘risida boshqalar gapirar. Men o‘zim faqat shuni aytaman: nasr tilini tarashlashni men boshlab Gorkiydan o‘rgandim. U, menimcha o‘zi ishlatadigan tilni juda yaxshi ko‘radi, uni har qanday kamchilikdan ozoda holda ko‘rmak istaydi. «Ona»ning tili mana shunday bir til. «Ona» men uchun katta bir maktab bo‘ldi. O‘zimning «Kecha va kunduz» nomli romanimda men ham bu buyuk uslubchining unumli ta’sirini doim sezib turdim.

Sovet yozuvchilari uning inqilobiy ruhini, proletarcha mardligini, jahonshumul grajdanligini, so‘ngra klassik tili va uslubini, hatto tarjima orqali bo‘lsa ham doim o‘zlarida sezajaklar.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"