Kamol

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kamol
by Komil Xorazmiy

Emas kishiga bu dunyoga mulk-u mol kamol,
Husuli ilm-u hunar keldi bezavol kamol.

Ulumdin sharafi oxirat emasdur yolg‘uz,
Ki munda ham sababi izzat-u jalol kamol.

Murod ma’rifatullohdur taallumdin,
Emas mubohasa-u jang ila jidol kamol.

Kamol ma’nisi tahsili ilmi holdurur,
Na hosil aylagusi mahzi qiyl-u qol kamol.

Zamiring ayla musaffo kadardin oyinadek,
Desangki jilvagar etsun anga jamol kamol.

Bo‘lurmu sho‘ra zamin ob-u donadin xurram,
Xabis tab‘g‘a topmak base mahol kamol.

Kamol bergusidir so‘zga shuhrat-u ta’sir,
Bu qushg‘a qilg‘ali parvoz parubol kamol.

Niholi bebari sarkashdurur avomunnos,
Ne sud topmasa ma’nig‘a ittisol kamol.

Ko‘rub g‘azalda Bayoniy musaddasin Komil,
Dediki: «Bergay anga hayyi loyazol kamol».

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse