Kеrakmas jon manga jonondvn ayru...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Kеrakmas jon manga jonondvn ayru...
by Shermuhammad Munis

Kеrakmas jon manga jonondvn ayru,
Kishi nеtsun badanni jondin ayru.

Labidur chashmai hayvon, emas Xizr,
Tirik ul chashmai hayvondin ayru.

Erur ravshan aning husnida oni,
Ki ko’nglum shod bo’lmas ondin ayru.

Nigorim borgali ko’nglum buzuldi,
Ki vayron mulk o’lur sultondin ayru.

Bulog’da yеr pari tutg’ondеk ermas,
Xayoli didai giryondin ayru.

Vuhush o’lg’an kabi Majnung’a damsoz,
G’ami ermas bu sargardondin ayru.

Nеdin vaslig’a yеtkurmas mеni kim,
Emas gul bulbuli noladin ayru,

Emasman ishqidin ayruki bo’lmas.
Samandar otoshi so’zondin ayru.

Ko’ngul ko’yingdin ayru bеnovodur,
Navo bulbulda yo’q bo’stondin ayru.

Na nash’a hosil aylar shayxi nodon,
Sharobi sog’ari irfondin ayru.

Yoliqtilar jahon ahli, va lеkin,
Dami Munis emas afg’ondin ayru.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse