Jonsan temay, ul sarvi ravong’a ne teg’ayman...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jonsan temay, ul sarvi ravong’a ne teg’ayman...
by Xorazmiy

Jonsan temay, ul sarvi ravong’a ne teg’ayman,
Mundin o’ngin ul ofati jong’a ne teg’ayman.

O’q yangli qading rost mani o’rtadi temay,
Ul sharti bu buzuq, qavli yolong’a ne teg’ayman.

Umrumdur o’shul qadingu umrumni savarman,
Temayin o’shul umri javong’a ne teg’ayman.

Yaxshilar aro men kim ani yaxshi bilibman,
Yaxshi temayin, yaxshi yamong’a ne teg’ayman.

Ko’rgali yuzini bo’lubon volavu shaydo,
Bilmasman o’shul huri jonong’a ne teg’ayman.

Ul qosh ila g’amza qiladur jonima chun qasd,
Tuhmat qilibon tiru kamong’a ne teg’ayman.

Suchi so’z ila tor og’zi jon tilar ersa,
Hofiz bikin ul sirri nihong’a ne teg’ayman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse