Jonlarni jononi Vatan
Vatan, vatan der edilar, na der erdim bilmay ani,
Endi bilsam Vatan erkon bu tanlar(n)ing shirin joni,
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
Sensan ekan bizlara chin tug‘mish bir munglig‘ ano,
Boqg‘ung tirik bo‘lsak, agar o‘lsok quchog‘ingda yano.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
Ko‘zlarmi ko‘r bo‘lgan uchun hech tanimas bo‘lduk sani,
Og‘rindi ko‘nglung, yuzaga og‘lo siring chiqsin qani!
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
Essiz, essiz tug‘gonlaring, ko‘z yumub o‘q otub sani,
Bog‘lab qo‘ling boyonlara ne oldilar sotub sani,
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
San onai zor ekanda, achingoning bor ekanda,
O‘lmay laxta qonlar to‘kub xor bo‘lub yurar ekanda.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
Biluvchilar qo‘l tutmadi, bizga sani tonutmadi,
Bilmam nelarga aldanub tangri buyruqin tutmadi.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
Bilimsizlar anglashmadi, oh-u voying tinglashmadi,
Bilguvchilar burchi ekan o‘ng‘aylamoq, o‘nglashmadi.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni
Vatan, Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
Nihon yig‘lab qon yutunur, kechmog‘lig‘ingni o‘tunur,
Mundin buyon o‘g‘lonlaring chandon tonurga tutunur,
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|