Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting...
by Lutfiy

Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.

O’rtanmagu ko’z yoshiyu o’lmakturur ishim,
Bu qissani ul sham’i shabistonima ayting.

Qat-qat yuragim bog’ladi qon g’uncha meng’izlik,
Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.

Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko’zlari cho’lpon, mahi tobonima ayting.

Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse